Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov institutning yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosida bo‘ldi.
Tashrif davomida dastavval ta’lim jarayonida foydalaniladigan sun’iy intellekt dasturlari va zamonaviy raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Sun’iy intellekt texnologiyalaridan tibbiyot ta’limida foydalanish talabalarning klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, murakkab tibbiy holatlarni tahlil qilish, kasalliklarni aniqlash va diagnostika jarayonlarini o‘rganishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, zamonaviy AI vositalari orqali o‘quv materiallarini interaktiv shaklda o‘zlashtirish va amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish mumkin.
Mazkur texnologiyalardan o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish, talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






