Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan Shahrixon tumani “Ortish” mahallasida aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirda institutning 20 nafar yuqori malakali shifokor-mutaxassisi tomonidan 300 nafar mahalla aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Fuqarolar mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, zarur tavsiya va maslahatlar oldi.

Tadbir davomida institut rektori M.Madazimov mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Ko‘rik davomida UTT va EKG kabi zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanildi. Salomatligi bo‘yicha 4-guruhga kiruvchi 4 nafar fuqaro xonadonida ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 6 nafar bemorga viloyat, 4 nafar bemorga tuman tibbiyot muassasalariga bepul yo‘llanmalar berildi va ehtiyojmand fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.











