Bugun, 7-oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

🔹 Kafedralarda 9 oylik reyting natijalari holati tahlili.
Ma’ruzachi: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K. Salaxitdinov.
🔹 2026-yilda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Scopus xalqaro ilmiy-metrik bazasida indekslangan nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar holati va natijadorligi.
Ma’ruzachi: Xalqaro aloqalar bo‘limi prorektori F. Rasulov.
🔹 Ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar.
Ma’ruzachi: Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G. Xolmatova.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar tinglanib, tegishli taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.










