Ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madamin Madazimov boşçiligidagi institut delegatsiyasi Turkiya Respublikasida xizmat safarida bölib turibdi.
Xizmat safari doirasida delegatsiya Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Erciyes universiteti Tibbiyot fakulteti faoliyati, taʼlim jarayonining taşkil etilişi, zamonaviy klinik infratuzilmasi hamda ilğor tibbiy texnologiyalar bilan yaqindan tanişdi.
Tadbir davomida delegatsiya aʼzolari universitetning zamonaviy simulyatsiya markaziga alohida eʼtibor qaratdilar. Markazda talabalar uçun yaratilgan amaliy taʼlim imkoniyatlari, yuqori texnologiyali trenajyorlar, robotlaştirilgan simulyatorlar hamda klinik könikmalarni şakllantirişga xizmat qiluvçi öquv tizimlari bilan tanişildi.
Xususan, murakkab jarrohlik amaliyotlarini yuqori aniqlikda bajariş imkonini beruvçi Da Vinci robot-assistiv jarrohlik tizimi va uning tibbiy taʼlim hamda klinik amaliyotdagi imkoniyatlari delegatsiya aʼzolarida katta qiziqiş uyğotdi.
Şuningdek, delegatsiya universitetning quyidagi bölimlari faoliyatini bevosita közdan keçirdi:
Endokrinologiya bölimi va zamonaviy diagnostika imkoniyatlari;
Radiologiya va tibbiy tasvirlaş markazi;
Intervension radiologiya va angiografiya xizmati, jumladan, qon tomirlarini tekşiriş hamda endovaskulyar muolajalarni amalga oşiriş uçun möljallangan angiografiya uskunalari;
Jarrohlik bölimlari va zamonaviy operatsion xonalar;
Şoşilinç tibbiy yordam va tezkor diagnostika bölimi;
Klinik va diagnostik laboratoriyalar;
Organ transplantatsiyasi bölimi hamda transplantatsiya amaliyotlarini taşkil etiş tizimi.
Mazkur bölimlarda qöllanilayotgan zamonaviy tibbiy texnologiyalar, diagnostika va davolaş usullari, bemorlarga körsatilayotgan yuqori texnologik tibbiy xizmatlar hamda mutaxassislarning amaliy faoliyati bilan yaqindan tanişildi.
Muloqotning muhim yönalişlaridan yana biri ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida akademik mobillikni yölga qöyiş masalasi böldi.
Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti va Erciyes universiteti talabalari örtasida özaro almaşinuv dasturlarini taşkil etiş, talabalar uçun xorijda taʼlim oliş va klinik amaliyot ötaş imkoniyatlarini kengaytiriş, professor-öqituvçilar almaşinuvi hamda qöşma akademik dasturlarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Şu bilan birga, Erciyes universiteti Tibbiyot fakultetida öquv maşğulotlarining taşkil etilişi, nazariy bilimlarni klinik amaliyot bilan uyğunlaştiriş mexanizmlari, talabalar bilimini baholaş tizimi va zamonaviy taʼlim metodlari ham örganildi.
Uşbu xizmat safari Andijon davlat tibbiyot instituti va Erciyes universiteti örtasidagi hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlaş, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş hamda ularni institutimiz taʼlim va klinik amaliyotiga tatbiq etiş yölidagi muhim qadamlardan biridir.






