Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoşlarning huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oşiriş, ularni turli yot ğoyalar va axborot xurujlaridan himoya qiliş, internet makonida xavfsiz faoliyat yuritiş könikmalarini şakllantiriş maqsadida “Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Davra suhbatida Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi vakili D.Qodirova, institut Xotin-qizlar bilan işlaş bölimi vakili Z.Xamdamova, institut Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat bölimi boşliği F.Xojimatov, institut profilaktika katta inspektori G. Abduvohidova, fakultetlarning masʼul xodimlari hamda talabalar iştirok etdi.

Uçraşuv davomida quyidagi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratildi: bugungi kunda dolzarb bölgan kiberxavfsizlik masalalari va internet makonidagi tahdidlardan himoyalaniş, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona, samarali va maqsadli foydalaniş, virtual olamda tarqatilayotgan yolğon xabarlar, şubhali havolalar va turli aldovlarga işonmaslik, yot ğoyalar, ekstremistik qaraşlar va zararli axborotlar taʼsiriga tuşib qolişning oldini oliş, har qanday axborotni tanqidiy tahlil qiliş, uning işonçliligini tekşiriş va axborot madaniyatiga rioya etiş, yoşlarning huquqiy savodxonligi va ogohligini oşiriş.

Mutaxassislar tomonidan talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda huşyor böliş, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş, notaniş şaxslarning turli vaʼdalari va şubhali takliflariga aldanmaslik yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Şuningdek, tadbir davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atrofliça javoblar oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almaşdi.








