• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

X – O‘ZBEKISTON NEVROLOGLARI FORUMI

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston nevrologlari jamoat birlashmasi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda institut hamkorligida “Nevrologik kasalliklarni diagnostika qilish, patogenez va davolashning zamonaviy masalalari” mavzusida X – O‘zbekiston nevrologlari forumi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur ilmiy-amaliy anjuman nafaqat respublikamiz, balki xalqaro miqyosda ham nevrologiya sohasi mutaxassislarini bir maydonga jamlagan muhim platformaga aylandi.


Forumda Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekistonning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi shifokorlar ishtirok etib, nevrologiya yo‘nalishidagi dolzarb muammolar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh nevrologi Yo. Majidova ochib berdi. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning tabrigini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K. Salohiddinov o’qib eshittirdi. So’z olganlar forumning ahamiyati, uning ilm-fan va amaliy tibbiyot rivojidagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Forum davomida nevrologik kasalliklarni tashxislash, ularning kelib chiqish mexanizmlari (patogenezi) hamda davolashning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan qator muhim ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, “Vertebrogen servikokranialgiya: radikulopatiyalar va vertebro-bazillyar serebrovaskulyar yetishmovchilik”, “Tarqoq skleroz: epidemiologiya va terapiyani optimallashtirish masalalari”, “Temporal epilepsiya”, “Insultni davolash va erta reabilitatsiya”, “Reabilitatsiyada fizioterapevtik texnologiyalarning o‘rni”, “Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar uchun kompleks eshitish va nutqni tiklash tizimi”, “Nevrologik amaliyotda og‘riq sindromlari”, “Parkinson kasalligining kechki bosqichlari: klinik xususiyatlar va yangi davolash imkoniyatlari” kabi o‘ndan ortiq dolzarb mavzularda ilmiy chiqishlar taqdim etildi.



Mazkur ma’ruzalar davomida ishtirokchilar nevrologik kasalliklarni erta aniqlash, individual yondashuv asosida davolash, reabilitatsiya jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion usullarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Ayniqsa, insult, epilepsiya, Parkinson kasalligi va tarqoq skleroz kabi kasalliklarni davolashda yangi yondashuvlar, dori vositalari va reabilitatsiya metodlarining samaradorligi keng muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida esa forum doirasida yosh olimlar konferensiyasi tashkil etildi. Unda iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etib, nevrologik kasalliklar diagnostikasi, patogenezi va davolashning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z izlanishlarini taqdim etdilar. Bu esa yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda tajribali mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkonini yaratdi.



Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 13
  • 27-03-2026, 15:00
Oldingi nashr Keyingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

“KELAJAK TADBIRKORI” DASTURI VA ISTIQBOLLI REJALAR
27-03-2026, 15:00
X – O‘ZBEKISTON NEVROLOGLARI FORUMI
27-03-2026, 15:00
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI SAVOLLARI BILAN TANISHING!
26-03-2026, 14:42
Andijon davlat tibbiyot instituti
Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
“KELAJAK TADBIRKORI” DASTURI VA ISTIQBOLLI REJALAR
27-03-2026, 15:00
X – O‘ZBEKISTON NEVROLOGLARI FORUMI
27-03-2026, 15:00
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через