Ta’lim jarayonining sifatini qadrlash va doimo unga intilish.
Zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tibbiy tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan tibbiy kadrlarni tayyorlashni ta’minlash. Bo‘lim shiori
Institut talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini o‘rganish va tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, ichki baholashni tashkil etish, taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda yetuk, raqobatbardosh, zamonaviy fikrlaydigan tibbiy kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shish.
Ta’lim jarayonining sifatini qadrlash va doimo unga intilish.
Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibidagi Taʼlim sifati nazorati bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.
Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda ADTI rektorining buyruqlari, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi nizom asosida olib boriladi.
2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmon va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qarori asosida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda davlat oliy ta’lim tashkilotlarida Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limlari tashkil etildi. Bo‘lim mustaqil faoliyat yuritadi va bevosita tashkilot rahbari hamda vakolatli organlarga hisobot beradi.
Ta’lim sifatini tizimli nazorat qilish, tahlil etish va takomillashtirish.
Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish, talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish.
Ta’lim sifatini ta’minlay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirish, salohiyatli professor-o‘qituvchilarni tanlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shaffof mexanizmlar yaratish.
Professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam tahlil qilish, ichki baholashni tashkil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
O‘quv jarayonini normativ-huquqiy talablar asosida tashkil etish hamda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar va mehnat bozori talablariga muvofiqligini tahlil qilish.
Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi o‘rni, ularga bo‘lgan ehtiyoj va sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalar shakllantirish.
Mashg‘ulotlarning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilishi hamda dars jarayonlari sifati nazoratini o‘rganib borish.
Dars o‘tish uchun ishlab chiqarish va amaliyotdan malakali mutaxassislarning jalb etilganligini o‘rganish.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik hamda xolislikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash.
Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va fan dasturlariga ilmiy yangiliklar kiritilishini o‘rganish.
Professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasining adolatli taqsimlanishini tahlil qilish.
Axborot-resurs markazida talabalar, ilmiy izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda darsliklar mavjudligini o‘rganib, rahbariyatga takliflar kiritish.
Mustaqil ta’limning talab darajasida tashkil etilishini, uslubiy ko‘rsatmalar, talablar va talabalar yuklamasi shakllantirilishini o‘rganish va tahlil qilish.
Bo‘lim vakolatli davlat organlari topshirig‘iga muvofiq boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ham ishtirok etadi.
2024-yilda 60910200 — “Davolash ishi” va 60910100 — “Stomatologiya” ta’lim dasturlari, 2025-yilda esa magistraturaning “Akusherlik va ginekologiya”, “Tibbiy radiologiya”, “Kardiologiya”, “Umumiy onkologiya” va “Umumiy xirurgiya” mutaxassisliklari o‘zbek, rus va ingliz tillarida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. 2026-yil 29-yanvardan 2031-yil 28-yanvargacha amal qiladigan guvohnomalar olindi.
Yangi tashkil etilayotgan 60711100 — “Biotibbiyot muhandisligi” bakalavriat yo‘nalishi va 70910208 — “Dermatovenerologiya” magistratura mutaxassisligi ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi.
Ishchi guruh tomonidan institut professor-o‘qituvchilarining 2025-yildagi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va ustoz-shogird yo‘nalishlaridagi faoliyati tahlil qilindi. Natijalar institut va fakultetlar kengashlarida muhokama etildi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish nizomiga asosan institut faoliyatiga oid ma’lumotlar tayyorlanib, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga taqdim etildi.
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi nizomida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha hisobotlar institut rektoriga muntazam taqdim etiladi.
Bo‘lim faoliyati, baholash jarayonlari va akkreditatsiya natijalari.

