1974Faoliyatning boshlanishi
Bo‘lim 1960-yilda tashkil topdi. Kengashga dotsent D.S. Tursunova raislik qildi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi bo‘lim.

Bo‘lim institutdagi xotin-qizlarning manfaatlarini ifoda etadi, ularning murojaatlarini o‘rganadi va zarur ko‘makni tashkil etadi.
Institut xotin-qizlar tuzilmasining shakllanishi, rivojlanishi va bugungi maqomga kelish bosqichlari.
Bo‘lim tarixi xotin-qizlarning institut hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan izchil faoliyatni aks ettiradi.
Bo‘lim 1960-yilda tashkil topdi. Kengashga dotsent D.S. Tursunova raislik qildi.
J.S. Saidxodjayeva, A.M. Karimova va L.U. Xo‘jayeva turli yillarda kengash raisi bo‘lib ishladi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasi Mahfuza Mirzayevna Qo‘ziboyevaga yuklatildi.
Dotsent M.A. Jo‘rayeva ADTI xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritdi.
Dotsent G.A. Xolmatova kengash raisi va rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib belgilandi.
Vazirlikning 109-son bayoni va institut Ilmiy kengashi qarori asosida bo‘lim tuzildi; 2024-yil yanvarida rektor buyrug‘i bilan rasmiylashtirildi.
2026-yil sentabr oyidan vazifalar Xamdamova Zebo Shuxratilla qiziga yuklatildi.
Kengash huquqiy himoya, ijtimoiy ko‘mak, teng imkoniyat va faol ishtirokni ta’minlash bo‘yicha kompleks vazifalarni bajaradi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini oshiradi.
Xotin-qizlarning mehnat jamoalari, davlat va jamoat boshqaruvidagi rolini kuchaytirishga, ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi hamda fikrlarini muntazam o‘rganadi.
Muammolarni o‘z vaqtida aniqlaydi, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzishga va ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda moddiy yordam ko‘rsatishga ko‘maklashadi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi va takliflar ishlab chiqadi.
Qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, jabrlanganlarni aniqlash, reabilitatsiya qilish va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyaviy takliflarni vazirlikka kiritadi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaydi, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltiradi va ibratli xotin-qizlarning hayot faoliyatini keng targ‘ib qiladi.
Ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarini o‘tkazadi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga nomzodlarni tanlashda qonuniylik, adolat va shaffoflikni nazorat qiladi.
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir milliy va xalqaro hujjatlar, standartlar hamda talablarning joriy etilishini ta’minlaydi va bevosita ishtirok etadi.
Tizimda samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Bo‘lim faoliyati ayollarning bugungi ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash va ertangi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Murojaatlarni o‘rganish, ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanganlarni aniqlash, reabilitatsiya va huquqiy himoyaga ko‘maklashish.
Talaba-qizlar va xodimalarning tashabbuslarini rag‘batlantirish, tanlov, sport hamda davlat mukofotlari yo‘nalishida imkoniyat yaratish.

