АNDIJON VILOYATI HOKIMI STIPENDIАNTI VА HАLQАRO ONLАYN OLIMPIАDА GʼOLIBI

image_pdfYuklab olish (pdf)

Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi, 1997 yil 15 aprelda Аndijon shahrida shifokorlar oilasida tugʼilgan.
2016 yil Аndijon Davlat tibbiyot institutiga grant asosida oʼqishga qabul qilingan boʼlib, hozirda kasbiy taʼlim yoʼnalishi boʼyicha 5-kursda taxsil oladi. Shu kunga qadar koʼplab Respublika va Halqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda oʼzining ilmiy yoʼnalishdagi maʼruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.


1-kursdan boshlab Аndijon Davlat tibbiyot instituti umumiy jarroxlik kafedrasi ilmiy toʼgaragida qatnashib muntazam ravishda nazariy, amaliy va ilmiy bilim va koʼnikmalarini boyitib kelmoqda. Bunda kafedraning eng malakali, yuqori salohiyatga ega boʼlgan professor-oʼqituvchilari, jumladan Ikramova Farida Daminovna, Vasilevskiy Eduard Аleksandrovich va institutning talabalar ilmiy jamiyati raisi Maxfuza Maksimovnalarning xizmatlari beqiyos.
Zamon talabi boʼlgan kompyuter texnologiyalari va nemis tilini yaxshi oʼzlashtirgan.
Erishgan yutuqlarini hisobga olib 2020 yil 17 noyabr talabalar kuni munosabati bilan “Аndijon viloyati hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandi.
2020 yil 26-27 noyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash vazirligi, Toshkent Davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil qilingan “Tibbiyot Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida Halqaro onlayn olimpiada” xirurgiya yoʼnalishi boʼyicha ishtirok etib faxrli birinchi oʼrinni egalladi.

179