alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O’quv-uslubiy ishlar

Institutda o‘quv jarayoni “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta’lim standarti” va “Malaka talablar” asosida tashkil etilgan. Institutda 9 ta ta’lim (davolash, pediatriya, kasb ta’limi (davolash ishi), farmatsiya,sanoat(farmatsiya) stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi xalq tabobati) yo‘nalishlari mavjud.

2021-2022 o‘quv yilida bakalavriaturaning barcha yo‘nalishlari quyidagi DTS, namunaviy dastur va o‘quv rejalari asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan;

1-kurs 2021 yilda tasdiqlangan

2-kurs 2020 yilda tasdiqlangan

3-kurs 2018 yilda tasdiqlangan

4-kurs 2018 yilda tasdiqlangan

5-kurs 2017 yilda tasdiqlangan

6-kurslar 2016 yilgi tasdiqlangan

2021 yilda tasdiqlangan Namunaviy o‘quv rejalar va dasturlar  bilan o‘quv jarayoni tashkil etilgan.

Institutda ja’mi    10121  nafar talaba tahsil oladi undan

Bakalavriatda     9090 nafar

Magistraturada    441 nafar

DGMU (qo`shma ta’lim) 42 nafar

Xorijiy talabalar  – 548 nafar Rossiya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Qozog`iston , Janubiy Koreya, Hindiston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari:

Institut kafedralari tomonidan 1-6 kurs talabalari uchun barcha fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. O‘quv-uslubiy majmualarning elektron shakli axborot-resurs markaziga joylashtirilgan.

Hozirgacha kafedralarda o‘tiladigan fanlar bo‘yicha jami 516 ta elektron modul paketlari yaratilib, talabalar foydalanishlari uchun zarur materiallar bilan to‘ldirilgan. Fanlardan 496 ta elektron modul paketlari ochilgan va ularga professor-o‘qituvchilar tomonidan elektron resurslar kiritilgan.

Ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanish monitoringini o‘rganib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Axborot-resurs markazining  kitob fondi – 233 134 nusxani tashkil etadi.

Shundan:

  • Ilmiy adabiyotlar soni –       17 981 nomda 54 556 nusxa
  • O‘quv darsliklar soni –       375 nomda 82 402 nusxa
  • O‘quv qo‘llanmalar soni –       593 nomda 42 811 nusxa
  • Badiiy adabiyotlar soni – 3 892 nomda 25 457 nusxa
  • Boshqa turdagi axborotlar soni –       2 350 nomda 14 045 nusxa
  • Tillar bo‘yicha:
  • O‘zbek tilida –       5 232 nomda 62 605 nusxa
  • Rus tilida –       24 011 nomda 152 723 nusxa
  • Lotin grafikasida – 334 nomda 17 339 nusxa
  • Ingliz tilida –       142 nomda 402 nusxa
  • ARM fondini yanada boyitish maqsadida Rossiya Federatsiyasidan 1-kurs talabalari uchun 23 nomda o‘quv adabiyotlari olib kelindi.

Institutning Axborot-resurs markazi (ARM) kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish

talablariga javob beradigan alohida binoga ega. Asosiy binoda ilmiy uslubiy axborot ma’lumotlar va davriy nashrlar bo‘limi, axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi, axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi, elektron axborot resurslar bo‘limi, xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limlari mavjud.

Axborot-resurs markazida foydalanilayotgan kompyuterlar soni 12 tani tashkil etadi va barchasida “ARMAT” elektron tizimi orqali 8653 nomda adabiyotlar bilan boyitilgan. To‘liq matn maydonchasiga jami 1045 nomdagi adabiyotlarni elektron shakllari mavjud.

Professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar uchun axborot-resurs markazida Thomson Reuters Wob Of science. Com va Academic Search Premier saytiga ulangan.

Darslar sifatli o‘tilishini nazorat etish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida institutda 22 dona kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Institutda jami 712 ta zamonaviy kompyuterlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi ichki lokal, korporativ hamda internet tarmog‘iga ulangan. O‘quv jarayonida AKT dan samarali foydalanish maqsadida internet resurslaridan foydalanish tezligi 2 Mb/s ni TAS-IX ya’ni Respublika internet resurslaridan foydalanish tezligi 10 Mb/s ni tashkil etadi. Institut hududida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida simsiz (Wi-Fi) internet tarmog‘i tashkil etish maqsadida               15 dona o‘rnatildi va bugungi kunda ishlatilib kelinmoqda. WI-FI ulanish nuqtalari soni 15 ta har bir nuqtaga maksimal 255 ta umumiy 3825 nafar foydalanuvchi ulanishi mumkin.

Institutda o‘qitish jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida “O‘quv-simulyasion laboratoriya”si tashkil etilgan. Markazda jarrohlik, urologiya, anesteziologiya-reanimatsiya, pediatriya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, akusherlik va ginekologiya fanlari bo‘yicha xonalar tashkil etilgan va kerakli trenajyor, fantom, mulyajlar bilan jihozlangan.

Institutda quyidagi fanlar bo‘yicha o‘quv-laborator mashg‘ulotlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

  1. Tibbiy kimyo
  2. Biologik kimyo
  3. Mikrobiologiya
  4. Biofizika va informatika, odam anatomiyasi
  5. Normal va patologik fiziologiya

Kafedralarning laborator o‘quv xonalari zamonaviy laborator asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

1. Dars jadvali
2. Reyting nizomi
3. Baxolash to’grisidagi nizom
4. MUX nizomi
5. Malaka talablari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!