alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Xalqaro aloqalar

 

Quyidagi taniqli tibbiyot institutlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan

Andijon davlat tibbiyot instituti quyidagi chet el universitetlari bilan xamkorlik qilmoqda:

# Logo Oliy ta’lim muassasalari nomi Web sayti
1 Dongsan Tibbiyot Markazi, Keimung Universiteti www.kmu.ac.kr
2 Yongnam universiteti tibbiyot markazi no site
3 Samyuk tibbiyot markazi no site
4 Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universiteti (Rossiya) www.msmsu.ru
5 Akademik I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) www.1spbgmu.ru
6 I.I.Mechnikov nomidagi janubiy-shimoliy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) www.szgmu.ru
7 Kazan davlat tibbiyot universiteti (Tatarstan) www.kgmu.kcn.ru
8 Kirov davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya) www.kirovgma.ru
9 M.Gorkogo nomidagi Donetsk davlat milliy tibbiyot universiteti (Ukraina) www.dsmu.edu.ua
10 Konkuk davlat tibbiyot universiteti (Koreya) www.konkuk.ac.kr
11 Fukusima tibbiyot universiteti (Yaponiya) www.fmu.ac.jp
12 Piza Universiteti (Italiya) www.unipi.it
13 «Adjibadem soglikni saklash guruxi» (Turkiya) www.acibadem.com
14 N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti www.rsmu.ru
15 Rossiya davlat kutubxonasi (Rossiya) www.rsl.ru
16 Nijniy Novgorod travmatologiya-ortopediya ilmiy tekshirish instituti (Rossiya) www.nniito.ru
17 I.M Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) www.sechenov.ru
18 Rossiya xalklar dustligi universiteti (Rossiya) www.rudn.ru
19 Rossiya diplomdan keyingi oliy ta’lim tibbiyot akademiyasi (Rossiya) www.rmapo.ru
20 FGU NII «Fiziko-kimyoviy tibbiyot» (Rossiya) www.niifhm.ru
21 Institut «Ukraina urologiya milliy tibbiyot akademiyasi» (Ukraina) www.inurol.kiev.ua
22 Novosibirsk travmatologiya-ortopediya ilmiy tekshirish instituti (Rossiya) www.niito.ru
23 Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti, (Rossiya) www.ngmu.ru
24 N.N.Bloxina nomidagi Onkologiya ilmiy markazi (Rossiya) www.ronc.ru
25 P. L. Shupyk nomidagi diplomdan keyingi ta’lim milliy tibbiyot akademiyasi (Ukraina) www.med.edu.ua
26 Zaporoje davlat tibbiet universiteti (Ukraina) www.zsmu.edu.ua
27 Xarkov milliy tibbiet universiteti (Ukraina) www.knmu.kharkov.ua
28 G.R Derjavina nomidagi Tambov davlat universitetining tibbiyot instituti (Rossiya) www.tsutmb.ru
29 Pavol Jozef Safarik Universiteti (Slovakiya) www.upjs.sk
30 Astraxan Davlat Tibbiyot Universiteti www.astgmu.ru
31 JAYPEE hospital (Xinsdiston) www.jaypeehealthcare.com
32 Belarusiya davlat tibbiyot universiteti www.bsmu.by
33 Gomel davlat tibbiyot universiteti www.gsmu.by
34 Dog’iston davlat tibbiyot universiteti www.dgmu.ru
35 I.K. Axunboev nomidagi Qirg’iz Davlat Tibbiyot Akademiyasi www.kgma.kg
36 Belorussiya diplomdan keyingi ta’lim tibbiyot akademiyasi www.belmapo.by
37 V.I. Vernadskiy nomidagi Qrim Federal universiteti cfuv.ru/
38 Ural Davlat Tibbiyot Universiteti www.usma.ru
39 Stavropol Davlat tibbiyot universiteti www.stgmu.ru
40 N.N. Burdenko nomidagi Neyroxirurgiya ilmiy-tadqiqot instituti www.nsi.ru
41 Ilmiy va amaliy markaz ЛИМФА http://limpha.ru/
42 Bashkir davlat tibbiyot universiteti bashgmu.ru
43 Germaniyaning Rostok universiteti uni-rostock.de

 

ANDIJON DAVLAT TIBBIOT INSTITUTINING
HALQARO ALOQALAR BO’YICHA QILINGAN ISHLARI XAQIDA
HISOBOT

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING

XALQARO ALOQALAR BO’YICHA BAJARILGAN ISHLARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

 

ADTIda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Qo‘shma ta’lim dasturlari:

  1. Andijon davlat tibbiyot institutida Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida  2019-2020-o‘quv yilida bakalavriat “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi va talabalar o‘qishga qabul qilindi. Hozirda ushbu (3+2 yani 3 yil ADTIda 2 yil Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida ta’lim) qo‘shma ta’lim dasturida 20 nafar talabalar taxsil olmoqda.

2.2020-2021 o‘quv yilida Germaniyaning Rostok universiteti bilan “Тibbiyot biotexnologiyasi” magistratura mutaxassisligidagi qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish  bo’yicha shartnoma imzolandi.

  1. Rossiya Federatsiyasining Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bakalavriatning “Pediatriya ishi” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish rejalashtirilgan.

20 nafar talaba ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga qabul qilinishi kelishib olindi.

2019-2020 yillar mobaynida imzolangan shartnomalar:

  1. Turkiyaning Xasettepe universiteti (Top 500 talikda)
  2. Belorussiyaning Grodno davlat tibbiyot universiteti.
  3. Germaniyaning Rostok universiteti bilan tuzilgan ikki tomonlama diplomli Tibbiy biotexnologiya yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish bo‘yicha 2-shartnoma.
  4. Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti (LETI).
  5. Polshaning Belostok
  6. Qozog‘istonning Milliy tibbiyot universiteti.
  7. F.Vladimirskiy nomidagi Moskva ilmiy-tadqiqot klinik instituti.
  8. Qirg‘izistonning Jalol-obod davlat universiteti.
  9. Chuvash davlat universiteti
  10. Tula davlat universitetining tibbiyot instituti

BAJARILGAN IShLAR

2020-yil 6-25-yanvar kunlari English teachers teaching programs follover mutaxassisi Jonathan Daniel Patches tomonidan talabalar, magistrlar va mutaxassislar uchun darslar, seminar-trening, ma’ruza va analitik-taxliliy darslar o‘tkazildi.

2020-yil 16-yanvar kuni Koreyaning Seul kollejidan institut faoliyati va o‘quv jarayonlari bilan tanishish maqsadida 5 nafar talabalari tashrif buyurdilar. Xorijiy talabalar ishtirokida uchrashuv va suhbatlar  tashkil etildi hamda talabalar institut faoliyati bilan tanishtirildi.

17- 18-yanvar kunlari Hindistonning Sharda univestiteti professori Anviti Gupta institut o‘quv jarayoniga jalb etildi.

20-22-yanvar kunlari BMTning Oziq-ovqat xavfsizligi ekspertlar guruhi a’zosi Dilfuza Rustamovna Egamberdiyeva tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalar, magistrlar uchun darslar, ma’ruzalar olib borildi.

Institutda “Актуалные проблемы современной челюстно-лицевой хирургии” mavzusidagi xalqaro masofaviy konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt Peterburg Davlat tibbiyot universiteti va Kozon davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Angliyaning London universiteti professori, IFHC Xalqaro hayriya fondi direktori Nazrul Sirkar va “Vorld Choys Interneshnil Edyukeyshn Konsultant OSh” vakili Ali Athar institut bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashrif buyurdilar.

2020-yil 10-16 fevral kunlari Turkiyaning Xasettepe universitetining 3 nafar professor-o‘qituvchilari institutga hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashrif buyurdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida o‘tkaziladigan IV UmumRossiya xalqaro ishtirokchilar ishtirokida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan “Спаси и сохрани” deb nomlangan olimpiadada ishtirok etdilar.

2020-yil 25-fevral kuni institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda magistrlar va klinik ordinatorlarning ishtirokida N.N.Burdenko nomidagi  milliy ilmiy-tekshirish neyrojarroxlik markazining neyrojarroxlik kafedrasi professori A.V.Kozlov ishtirokida “Современное состояние нейрохирургии, перспективы развития” mavzusidagi onlayn videoma’ruza o‘tkazildi.

Shuningdek, 26 fevral kuni Xarkov milliy tibbiyot universiteti professori I.I.Knyazkova va professor T.V.Bezdetkolar ishtirokida 1-umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedrasi talabalari uchun “Реакция гиперчувствителности” mavzusidagi integral videoma’ruza bo‘lib o‘tdi.

2020-yil 10-mart kuni institutga Rossiya Federatsiyasining Chuvash davlat universiteti xalqaro faoliyat boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor E.L.Nikolayev hamda shu universitetning xalqaro ta’lim bo‘limi xodimasi E.S.Alikseyevalar turli yo‘nalishlarda, jumladan, psixologiya yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi, qo‘shma fakultetlar ochish, seminar-treninglar tashkil etish borasida takliflar bo‘yicha tashrif buyurdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati Malayziya Kiberdjaya universiteti rahbariyati bilan onlayn video muloqotda bo‘ldi

Kiberdjayya universitetining xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Dr.Hassan Basri Jahubar Sathik, Mr.Mahen Manager xalqaro talabalar bilan ishlash bo’limi rahbari va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy boshqaruvchisi Arina Aliyeva tarjimonligida onlayn muloqotda bo‘ldilar.

Institut 84 nafar professor-o‘qituvchilari Ural davlat tibbiyot universitetida institut professor-o‘qituvchilarining «Инфекция, вызванная новым вариантом коронавируса SARS-CoV-2; тактика врачей первичного звена » mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020- yil 28- may kuni xorijiy hamkor yetakchi universitet va tibbiyot markazlar bilan (Germaniya, Rossiya, Ukraina, Irlandiya, Qirg‘iziston) “Experience in integrating simulation training in clinical medicine” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazildi.

2020-yil 11-12 iyun kunlari “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Ushbu anjumanda xorijiy davlatlarning olimlari o‘z ma’ruzalari bilan onlayn tarzda ishtirok etdilar.

2020-yilning 19-iyun kuni Irlandiyadagi Qirollik jarrohlik kolleji bilan ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik olib borish  bo‘yicha onlayn muzokara bo‘lib o‘tdi. Onlayn uchrashuvda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Muloqot davomida hamkorlik bo‘yicha bitim tuzishga qaror qilindi. Xususan, tibbiyot va ta’lim sohasida, akademik va talabalar mobilligi dasturlari bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

2019- yil

Andijon davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik bo‘limida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda o‘quv-seminar treninglar, konferensiyalar tashkil etish, xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chiqarish, birgalikda proektlar tuzish va ularni amaliyotga tadbiq etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni xorijiy mashxur tibbiyot institut va klinikalarda malaka oshirishini tashkil qilish va xorijiy jamg‘arma va tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan grant, tanlovlarida  muvaffaqiyatli qatnashishlarini ta’minlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Institut rahbariyatining sa’yi-harakati bilan hozirda dunyoning taniqli 43 ta tibbiyot institutlari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik shartnomalar tuzilgan va doimiy aloqalar o‘rnatildi.

2019-2020 yil Erasmus+ K102 granti bo‘yicha ishlanmoqda, 2 ta “Erasmus” Xalqaro grantida ishtirok etish uchun hujjatlar topshirilgan.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida institutimizga 75 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar tashrif buyurdilar. Ular tomonidan master-klass, seminar, ma’ruza- trening va operatsiyalar o‘tkazildi.

Institutimizda ta’lim olayotgan chet ellik talabalarning soni yildan-yilga oshib bormoqda. Xozirda 39 nafar chet el fuqarosi ta’lim olmoqda. (Rossiya, Afgoniston, Qirg‘iziston,  Koreya,  Hindiston,  Bangladesh)

2019-yilning 24-26 yanvar kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘I K.Z.Salaxiddinov va Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri M.G.Teshaboevlardan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetiga rasman tashrif buyurdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.  ADTI rektori M.Madazimov va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori Sulayman Mammaev o‘rtasida qo‘shma xalqaro dastur tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kelishuvga asosan, 2019-2020-o‘quv yilidan “Stomatologiya” yo‘nalishidagi ushbu qo‘shma xalqaro ta’lim dasturiga 20 nafar talabalar  o‘qishga qabul qilindi.

Xalqaro ta’lim dasturi talabalari o‘qishni tamomlagach ikki tomonlama-Rossiya va O‘zbekiston namunasidagi diplomlarga ega bo‘ladilar.

18-24-fevral kunlari Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri Z.Qahharov boshchiligida davolash fakulteti 404-guruh talabalari J.Umurzaqov, I.Ziyaev, 306 –guruh talabasi R.Tursunova hamda bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi magistratura yo‘nalishi 1-bosqich magistranti D.Abdurahmonovalar Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida “Spasi i sohrani” mavzusidagi birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan III  Butun Rossiya xalqaro olimpiadada ishtirok etib, faxrli o‘rinni egalladi.

marks   Joriy yilning 11-12 –aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot universitetida tashkil этилган “Neotlojnie sostoya niya v medicine” mavzusidagi Rossiya va O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiadada Davolash fakultetining 4 nafar 6-kurs talabalari faol ishtirok etib faxrli 3- o‘rinni egalladi.

Institutning normal fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri dotsent A.G.Xudoyarova boshchiligida davolash fakulteti 2 –bosqich talabalari Rossiya Federatsiyasining Stavropol davlat tibbiyot universitetida Normal fiziologiya fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi.

16-may kuni Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori S.N.Mammaev, Stomatologiya kafedrasi mudiri T.A.Abakarov va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘I S.D.Xadjalievalardan iborat delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda 2019-2020-yilda faoliyatini boshlash kutilayotgan “Stomatologiya” yo‘nalishidagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha rejalar muhokama etildi. Shu bilan birga professorlar tomonidan institut talabalari uchun ma’ruza va mahorat darslari tashkil etildi.

20-24-may kunlari Andijon davlat tibbiyot institutiga Germaniyaning Rostok universiteti Tibbiyot fakultetining tuzilma, rejalashtirish va byudjet masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Yadro tibbiyoti klinikasi va poliklinikasi direktori B.Krauz Jarrohlik klinikasining Ko‘krakjarrohligi bo‘limi rahbari R.Orter tashrif buyurdilar. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutning hozirgi kundagi faoliyati bilan tanishib, kelgusidagi rejalar muxokama qilindi.

-mutaxassislarning Rostok universiteti tibbiyot markazida malaka oshirishlarini tashkil etish;

-akademik va talabalar almashinuvlari;

– qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish bo‘yicha muzokaralar;

-onkologiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma diagnostik (PET, MRT, KT) markazi tashkil etish bo‘yicha muzokaralar;

-Rostok universitetining etakchi mutaxassislarini tibbiy amaliyot va ta’lim jarayonlariga jal betish.

22-23- may kunlari Germaniyalik mutaxassislar Respublika ihtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filialiga tashrif buyurib,  onkologiyaning dolzarb muammolari hamda zamonaviy diagnostika bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi, bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, maslaxatlar berildi.

Shuningdek, 23 –may kuni Germaniyaning Rostok universiteti professorlari Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va onkologiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda professor B.Krauze hamda R.Orter  “Onlayn” video muloqot tashkil etilib, sut bezi saratoniga chalingan bemorlar bo‘yicha tibbiy konsilium tashkil etildi, davolash sistemasi tuzilib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining chora-tadbirlar rejasi va Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2019-yil 9-fevraldagi 77-T sonli buyrug‘iga asosan 2019-yil 7-8-iyun kunlari “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga” mavzusidagi chet el olimlar ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-23-iyun kunlari institutda ilk marotaba horijiy xamkor oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Xalqaro yozgi maktab” tashkil etildi. Mazkur “Xalqaro yozgi maktab”ga Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning etakchi tibbiyot universitetlaridan 12 nafar talabalar tashrif buyurdi.

2019- yilning 19-26-iyun kunlari institut rektori M.M.Madazimov hamda xalkaro hamkorlik bo‘limi boshligi K.Z.Salaxiddinovlardan iborat delegatsiya Janubiy Koreyaning Tegu shahriga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim va fan sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash,   hamkorlikda institutda tibbiy ta’lim markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan iborat bo‘ldi.

Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universiteti bilan tuzilgan shartnomaga asosan 2019-yilning 26-iyun kunidan 23-iyul kuniga qadar universitetning  5 nafar 4-5- bosqich talabalari ADTI klinikasi bazasida Pediatriya, Jarrohlik, Akusherlik va Ginekologiya va Ichki kasalliklar mutaxassiliklari bo‘yicha (180 soat) amaliyot o‘tashi tashkil etildi.

2019- yilda institutning 11nafar mutaxassislari hamkor horijiy universitet va tibbiyot markazlarida 1 oy davomida malaka oshirdilar.

Institutning 10 nafar professor-o‘qituvchilari hamkor horijiy oliy ta’lim muassasalarining takliflariga asosan leksiya o‘qish va mahorat darslari olib borish uchun safarbar etildi.

10-15 –noyabr kunlari institut rektori M.M.Madazimov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘I K.Z.Salaxiddinovdan iborat delegatsiya Germaniyaning Rostok universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitetning 600 yillik yubileyida ishtirok etdi, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi hamda Rostok universiteti bilan hamkorlikda “Tibbiy biotexnologiya” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

2019- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talaba-magistrlar va mutaxassislar uchun 26 ta onlayn ma’ruza va muloqotlar tashkil etildi. (Rossiya, Germaniya, Slovakiya, Ukraina, Belorussiya, Italiya).

2019- yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon davlat tibbiyot institutining 39 nafar professor-o‘qituvchilari Xindiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ukraina, BAA, Germaniya,  Rossiya Federatsiyasi, davlatlariga tashrif buyurib xalqaro miqyosdagi konferensiya va seminarlarda faol ishtirok etib keldilar.

Respublikada Tibbiyot oligoxlarida birinchi bo‘lib Eksterimal tibbiyot va ingliz tili bo‘yicha “Yozgi maktab” tashkil etildi. (Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston)

Institut talabalari  4 taturli Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallashdi. (Rossiya -3 ta, Qirg‘iziston -1 ta).

Rostok universiteti va Rossiyaning Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi.

Dunyoning nufuzli top 500 talik OTMlar ro‘yhatiga kiruvchi Turkiyaning Hasettepe universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Alisher Dadabaev, Michigan universiteti doktori Andijonga keldi

Oboskalova T.A Ural Davlat Tibbiyot unversiteti

Lola Sharma , Rossiya bolalar ortopediyasi instituti

Alekseev A.A.  Bobrovnikov S.E.  Vishneveskiy nomidagi Rossiya miliy tibbiyot tadqiqot jarrohlik markazi

Kasper Fobber.  Munhen Onkologiya markazi, Germaniya

Turitsin S.V. Kirov nomidagi xarbiy-tibbiy akademiyasi.

Dinesh Pendarkar,  Sarvodaya onkologiya markazi. Hindiston

Umar Gupta, Sharda unversiteti prezidenti.  Hindiston

ROSSIYАLIK KARDIOXIRURG, AKADEMIK RENAT SULAYMONOVICH AKCHURIN ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI KLINIKASIGA TASHRIF BUYURDI

ADTI REKTORI M.MADAZIMOVNING GERMANIYA SAFARIDAN

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!