alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Umumiy ma’lumotlar

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TARIXI VA FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. O‘sha davr uchun juda zarur va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona vodiysida yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Mamlakatimiz tibbiyotchilari uchun oliy dargoh bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy yurtdoshlarimiz, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida e’tirof etilmoqda.

Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari haamda kasbiy ta’lim, oliy hamshiralik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika yo‘nalishlarida bakalavriyat hamda 29 ta mutahassislik yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan.

 

O‘QUV IShLARI

Institutda 56 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularning umumiy shtatida 533 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 36 nafari fan doktori (ularning 14 nafari professor unvoniga ega), 130 nafari fan nomzodi  (ularning 104 nafari dotsent unvoniga ega). Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi.

Institutda 4 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, kasb ta’limi, oliy xamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi va farmatsiya yo‘nalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ 2909 sonli qaroriga asosan 2019-2020 o‘quv yilidan magistraturaga 2 ta yangi mutaxassislik yo‘nalishlari tashkil etildi:

5A 510102 Endokrinologiya,

5A 510126 Farmakologiya.

Xorijiy yo‘nalish va qo‘shma dasturlar

Yangi o‘quv yilida davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar Xorijiy fuqarolar (Xindiston, Pokiston, Janubiy Koreya) ni qabul qilish rejalashtirilgan.

Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan stomatologiya yo‘nalishiga 20 nafar talaba qabul qilindi.

Janubiy Koreyaning Tegu universiteti, Andijon mashinasozlik instituti bilan xamkorlikda “Tibbiyot injeneringi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaning 1-bosqichi yakunlandi, 2019-2020 o‘quv yilida 8 nafar talabalar 2-kursni Tegu universitetida davom ettiradilar.

Rossiya Federatsiyasining N.N.Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan ADTI klinikasi qoshida qo‘shma o‘quv-amaliy metodik markaz tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda.

2019/2020 o‘quv yilida institutda mavjud 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 3903 nafar, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida 391 nafar, qo‘shma dastur bo‘yicha 20 nafar, xorijiy yo‘nalishda 100 nafar  ja’mi  4414 nafar talaba taxsil olishi kutilmoqda. Xozirgi kunda institutda 39 nafar xorijiy fuqarolar taxsil olmoqda. Ular Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Afg‘oniston, Janubiy Koreya va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari xisoblanadi.

2019/2020 o‘quv yiliga institutda mavjud 7 ta ta’lim yo‘nalishlari (davolash, pediatriya, stomatologiya, kasb ta’limi, oliy xamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya) bo‘yicha  namunaviy o‘quv reja asosida o‘quv jadvali hamda ishchi o‘quv rejalar ishlab chiqilgan va institut markaziy uslubiy xay’atida ko‘rib chiqilib tasdiqlangan.

Institutdagi mavjud 45 ta kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha ta’lim yo‘nalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda  521 ta ishchi o‘quv fan dasturlarhamda o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan hamda fakultetlar kengashi, institut markaziy uslubiy xay’atida ko‘rib chiqilib tasdiqlangan. O‘quv uslubiy majmualarning elektron shakli SD diskga yozilib ARMga joylashtirilgan.

Institutda o‘quv auditoriyalari, ma’ruza zallari va laboratoriya o‘quv xonalari (biologiya, tibbiy kimyo, biologik kimyo, biofizika, mikrobiologiya, normal fiziologiya) zamonaviy o‘quv jixozlar (kompyuter, proyektor, smart televizori, elektron doska, laborator jixozlar, virtual laboratoriya bo‘yicha elektron shakllar) bilan jixozlangan va o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.

2019-2020 o‘quv yiliga ADTI klinikasida joylashgan jarroxlik yo‘nalishidagi Umumiy jarroxlik, jarroxlik kasalliklari, fakultet jarroxlik, urologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, neyrojarroxlik kafedralarida telemeditsina yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar o‘quv auditoriyalarida turib jarroxlik blokida olib borilayotgan jarroxlik muolajalarini kuzatib borishlari hamda jarrox bilan bevosita muloqot qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3171 –sonli qarorida “Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o‘quv-simulyatsion laboratoriyalari tashkil etish” bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institutda Respublikada birinchi bo‘lib “O‘quv-simulyatsion markaz”   tashkil etildi va 2018 yil 10 sentyar kuni ochilish marosimi o‘tkazildi.

Institutda mavjud “O‘quv simulyatsion markaz”da  anesteziologiya va reanimatsiya, jarroxlik, LOR, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, neonatologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, oftalmologiya, anatomiya, stomatologiya  xonalari talabalarni amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun  yangi robot simulyator va fantomlar bilan jixozlanib, o‘quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.

Institut dunyoning 43 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 2018 yilning o‘zida institut rahbariyati tomonidan 10 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Rossiya Federatsiyasining 22 ta oliy ta’lim muassasalari va tibbiy markazlari bilan  xamkorlik shartnomasi mavjud.

Institutda hamkorlik shartnomalar doirasida OTM Kengashlar zalida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion ta’lim o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2018-2019 o‘quv yilida nufuzli xorijiy OTMlari (Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarroxlik markazi, N.N.Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa) professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion ma’ruza, master klasslar o‘tkazilgan.

2019-2020 o‘quv yilida foydalanish uchun elektron davomat, elektron jurnal va elektron baxolash tizimi ishlab chiqilgan.

Institutning axborot texnologiyalari markazida “Media markaz” tashkil etilgan va markazga o‘quv uslubiy majmualar hamda professor o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan audio hamda videoma’ruzalarning elektron shakli CD, DVD disklarda joylashtirilgan.

 

Bakalavriat yo‘nalishlari (7 ta) va magistratura mutaxassisliklarida (29 ta) o‘qitiladigan  fanlardan 121 mingta rus va o‘zbek tillarida testlar banki yaratilgan va institut axborot texnologiyalari markaziga joylashtirilgan.

2019/2020  o‘quv yili uchun kafedralar tomonidan quyidagi  elektron resurslar tayyorlangan;

  • barcha fanlar bo‘yicha elektron video va audioma’ruzalar – 536 ta;
  • klinik fanlardan elektron farmakologik bloknot– 236 ta;
  • fanlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bexato bajarish bo‘yicha Autokurslar.

ARM da professor-o‘qituvchilar va talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan tanishishlari, mutolaa qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan,  ARM qoshida mini tipografiya faoliyat olib bormoqda.

Axborot texnologiyalari markazi qoshida tashkil etilgan MEDIA MARKAZ institut talaba, magistr va ordinatorlari uchun AUDIO, VIDEO ma’ruzalar, VIDEO DARSLARni taqdim etib kelmoqda. Media markaz bazasi institutning yetakchi professor o‘qituvchilari tomonidan boyitib kelinmoqda.

ATM ning kompyuter zalida institutning professor o‘qituvchilari, talaba, magistrlar, ordinatorlar va ilmiy izlanuvchilar uchun 60 dona kompyuterlar xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari institut statik adresi orqali dunyoni eng nufuzli ma’lumotlar bazasi xisoblangan WEB OF SCIENCE, SCOPUS kabi veb saytlar bilan aloqalar o‘rnatilgan.

ATM tomonidan o‘qitishni yangi bosqichga o‘tkazish maqsadida yaratilgan MOODLE tizimi tashkil etilgan bo‘lib, MOODLE tizimidan barcha professor o‘qituvchilar va talabalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va muntazam foydalanib kelinmoqda.

GEOTAR – Media nashriyoti bilan institut o‘rtasida o‘zaro  xamkorlik bitimi imzolangan va  mazkur bitimga binoan 2018-2019 yillarda chop etilgan 46 434 748,80 so‘mlik 121 nomda 142 nusxada o‘quv adabiyotlar olib kelindi.

ILMIY-TADQIQOT IShLARI

Institutimizda 56 ta kafedra mavjud bo‘lib, asosiy  stavkada ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning umumiy soni 533 nafar, ulardan  36 nafari fan doktorlari, 130 nafari fan nomzodlari. Ilmiy salohiyat 31.7% tashkil etadi.

Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish,  ta’lim, fan va davolash muassasalari bilan innovatsion korporativ xamkorlikni samarali tashkil etish uchun, Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida institut rektorini buyrug‘iga binoan innovatsion markaz va uning qoshida 4 ta innovatsion guruh tashkil qilingan.

Institutning  ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyxalarni ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ilmiy tekshirish ishlarni  eksperimentlari uchun vivarium mavjud.

Institut olimlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar:

  1. Asosiy yurak-qon tomir tizimida uchraydigan xastaliklarni zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamidagi tashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, profilaktikasi.
  2. Farg‘ona vodiysi aholisi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarning epidemiologiyasini o‘rganish,tashxis, davolash va profilaktikasining samarali usul va vositalarini yaratish.
  3. Xomilada, chakaloqlarda, har xil yoshdagi bolalarda hamda katta yoshdagi odamlarning ichki a’zolarini anatomo-topografik va gistologik hususiyatlarini yoshga qarab o‘zgarishlarini o‘rganish, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni jismoniy taraqqiy etish hususiyatlarini o‘rganish.
  4. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash bo‘yicha Farg‘ona vodiysining hududiy, mintaqaviy hususiyatlarini xisobga olgan xolda ilmiy izlanishlarni olib borish va ularni amalga oshirish.
  5. Jarroxlik kasalliklarinitashxis usullarini mukamallashtirish, davolash natijalarini yaxshilash va asoratlarini oldini olish. Jarroxlikda texnologiyalarni ko‘llashni joriy etish.
  6. Farg‘ona vodiysi mintaqasida virusli gepatitlar, o‘tkir ichak kasalliklari, OIV-infeksiyasi va OITSni klinik-immunologik hususiyatlari, kechishi, ularni davolash va oldini olish choralarini takomillashtirish.
  7. Travmatologik, ortopedik kasalliklar, umurtqa pog‘onasi va orqamiya patologiyasini o‘rganish, innovatsion texnologiyalar yordamidagitashxisi, davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotgazamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
  8. Onkologik kasalliklar profilaktikasi, erta tashxislash, davolashda yangi yukori texnologik usullarni ko‘llash.
  9. Farg‘ona vodiysining aholisini salomatlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tashki muhit ta’sirini o‘rganish.

Mustaqillik yillarida institut olimlari tomonidan 93 ta monografiya, 1080 ta O‘zbekiston ilmiy jurnallarda, 842 ta xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirilgan, 305 ta patent olingan, 1920 ta ratsionalizatorlik takliflari, 2075 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar tayyorlandi, 317 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Aynan shu yillar davomida institut 61 nafar tibbiyot fanlari doktori, 152 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari, 4 nafar fan doktori (DSc) va 20 nafar falsafa doktorlari (PhD) tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Maxkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori xamda 2019 yil 29 oktyabrdagi 576-sonli O‘RQ “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunnida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 21 nafar talabgorlar tayanch doktoranturada, 21 nafar talabgorlar mustakil va 17 nafar talabgor erkin izlanuvchilik asosida doktorlik va falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarmokdalar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!