Skip to content BITIRUVCHILAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHILAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

12:35 07.07.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida yoshlarga zamonaviy bilim berish, ularning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish bilan bir qatorda, bitiruvchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilda institutni bakalavriat va magistratura bosqichida jami 2050 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Institut rahbariyati tomonidan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shu bois bitiruvchilarni o‘z sohalari va mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash maqsadida institut rektori Madamin Madazimov boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli bo‘lim boshliqlari viloyatning turli hududlariga chiqib, bevosita yoshlar bilan uchrashmoqda. Har bir bitiruvchining kasbiy yo‘nalishi va ixtisosligiga qarab, tegishli tashkilot va muassasalarga yo‘naltirilmoqda.

Jumladan, bugun 7-iyul kuni Oltinko‘l tumanida yashovchi bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida bitiruvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Namangan va Farg’ona viloyatlarida istiqomat qiluvchi yoshlar ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Suhbatda bitiruvchilarning taklif va murojaatlari o‘rganildi. Shu asosda rektor boshchiligida bitiruvchilar tuman markaziga borib, ish beruvchilar bilan uchrashib, suhbatlashdi. Shu kunning o‘zida oltinko‘llik bitiruvchilarning 6 nafari ish bilan ta’minladi.

adti.uz
Would like to send you notifications