“Симуляционное обучение в медицине: опыт, развитие, инновации” Xalqaro onlay konferensiyasi davom etmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

  Rossiya Tibbiyotda simulyatsion o‘qitish jamiyati (РОСОМЕД)ning  IX syezdi doirasida tashkil etilgan onlay konferensiya 16 oktabr kuni ham o‘z ishini davom ettirdi. Rossiya, Fransiya, Belgiya, Turkiya kabi davlatlarning yetuk mutaxassislari ishtirok etayotgan xalqaro konferensiyada Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari ham onlayn ravishda faol  ishtirok etishmoqda.

Tibbiy ta’limda simulyatorlardan foydalanish tajribalari, taraqqiyoti, innovatsion yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilayotgan  xalqaro onlayn konferensiyada   simulyatorlardan samarali foydalanish borasida taqdimotlar juda qiziqish bilan qabul qilinmoqda.

E’tiborli jihati, konferensiyada 2D, 3D formatlarda ko‘rgazmali qo‘llanmalar taqdim etilmoqdaki, bu tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy ko‘nikmani shaklanishiga juda yaxshi samara beradi.

Onlayn ishtirokchilar tomonidan “Симуляционное обучение в медицине: опыт, развитие, инновации” xalqaro konferensiyasi yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda.

ADTI axborot xizmati.

153