Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Toshkent davlat stomatologiya instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya davlatining nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Актуальные проблемы современной челюстно-лицевой хирургии” mavzusida xalqaro online konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu xalqaro online konferensiyada “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasi va vrachlar malakasini oshirish kafedralari professor-o’qituvchilari, stomatologiya fakulteti 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Konferensiya doirasida yuz-jag xirurgiyasining dolzarb muammolari bo’yicha online videoma’ruzalar bulib o’tdi. Jumladan, Qozon davlat tibbiyot universiteti “Xirurgik stomatologiya va yuz-jag xirurgiyasi” kafedrasi mudiri, t.f.d. professor Ksembaev S.S. tomonidan “Состояние и перспективы использования сорбционно-аппликационной терапии и зубочелюстного тренинга в клинике челюстно-лицевой хирургии и детской стоматологической практике” mavzusida,
Akademik Pavlov nomidagi birinchi Sankt Peterburg universiteti “Xirurgik stomatologiya va yuz-jag xirurgiyasi” kafedrasi dotsenti O.Yu.Petropavlovskaya tomonidan “Современная идеология лечения инфекционных воспалительных заболеваний челюстно-лицевой области” mavzusida, Andijon davlat tibbiyot instituti “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasi mudiri Teshboev M.G. tomonidan “ Оптимизация хирургического лечения с ожогами в области лица и шеи”mavzusida, Toshkent davlat stomatologiya instituti eksperimental biofizika laboratoriyasi mudiri, dotsent Xramova N.V. tomonidan “Клеточные технологии для оптимизации заживления кожных ран” kabi mavzularda ma’ruzalar va prezentasiyalar namoyish etildi.
Har bir ma’ruzada yuz-jag jarrohligi soxasining eng dolzarb masalalari muhokamasi va yuz-jag sohasi kasalliklarini diagnostikasi va davolashda zamonaviy, innovasion yondashuv bo’yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Konferensiya tashkilotchilari tomonidan shunday online konferensiyalarni davomiy ravishda o’tkazishga kelishildi.