- Kafedra mudiri: Kaxarov Zafar Abduraxmanovich
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Mobil Aloqa: +99888 988 19 60
- Email: kzafar1960@mail.ru
Ushbu kafedraning tarixi 1955-yilda Аndijon davlat tibbiyot instituti tashkil topishi bilan bogʻliq. Yangi tashkil etilgan Odam anatomiyasi kafedrasiga I.G.Mardershteyn rahbarlik qilgan. I.G.Mardershteyn dastlabki kunlardanoq kafedra moddiy texnik bazasini yaratishga qattiq kirishdi, oʻquv jihozlari, metodik qoʻllanmalar yaratishga katta e’tibor berdi. I.G.Mardershteyn anatomiya daholarining hayot faoliyatiga ilmiy yondashib, А.Vezaliy, Аbu Аli ibn Sino, N.Kopernik, N.I.Pirogov, V.N.Shevkunenkolarning hayoti bilan yaqindan tanishib chiqdi. 1958-1964-yillarda prof. I.G.Mardershteyn tomonidan endemik bo’qoqning yangi talqini ishlab chiqildi.
1959-yilda O.X.Xolmatov «Kekirdak bifurkatsiyasi jarrohlik anatomiyasi»ga bagʻishlangan ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Sh.X.Xamidullin 1963-yil “Fargʻona vodiysida endemik (enzootik) bo’qoq” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1956-yili kafedraga yosh dotsent V.А.Babayeva ishga keldi va oʻz ilmiy ishini «Saraton kasalligining tarqalish xususiyatlari» mavzusiga bagʻishlab, 1965-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli yoqladi.
1965-yilda G.N.Xaimov oʻzining “Oyoq magistral tomirlari jarohatidan soʻng hosil boʻluvchi kollateral qon oqimiga fizioterapevtik usullarning taʼsiri” eksperimental ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1958-yilda kafedraga yosh olimlar N.N.Chukanin va N.G.Аleksandrovlar jalb qilindi va kafedraning oʻquv-uslubiy ishlari sezilarli darajada rivojlandi.
N.G.Аleksandrov 1973-yilda doktorlik dissertatsiyasini anatomiya yoʻnalishida himoya qildi va umrining oxirigacha shu kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatdi.
1965-yilda kafedraning yosh iqtidorli ilmiy xodimi M.S.Soatov oʻzining «Fargʻona vodiysida homila va chaqaloqlarning qalqonsimon bezi morfologiyasi»ga bagʻishlangan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, soʻng shu kafedra dotsenti va 1974-yildan 1984-yilga qadar odam anatomiyasi kafedrasining mudiri, institut pediatriya fakulteti dekani lavozimida ishladi.
J.I.Valiyev 1962-yil kafedrada ish boshlab, 1970-yili «Qoʻl magistral tomirlari jarohatidan soʻng hosil boʻluvchi kollateral qon oqimiga fizioterapevtik usullarning ta’siri» mavzusidagi ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. J.I.Valiyev 1988-yildan 1993-yilgacha Odam anatomiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.
Djalolov Ravshan Jalolovich
Kafedra dotsenti, t.f.n, davolash ishi
Mamajonov Zafar Abdujalilovich
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, pediatriya ishi
Ulugʻbekova Gulruxon Joʻrayevna
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, oftalmolog
Sattibaev Ilhomidin Inomovich
Tibbiyot fanlari nomzodi, katta oʻqituvchi
Tulyanova Dilfuza Yakubovna
Katta oʻqituvchisi, pediatr
Ahmedov Shavkat Sotivoldiyevich
Assistent, bolalar jarrohi
Abdunabiyeva Hakimaxon Muxtaritdinovna
Assistent, akusher – ginekolog
Ahmedov Ulugʻbek Bahodirovich
Assistent, bolalar jarrohi
Umarova Muhabbatxon Zakirovna
Assistent, akusher-ginekolog
Qodirova Munojatxon Nabijonovna
Assistent, pediatr
Vahobov Lutfullo Abdumalik oʻgʻli
Assistent, urolog
Abdurahimov Abduhalim Holiddin oʻgʻli
Assistent, morfolog, endokrinolog, nefrolog
Nazirjonov Orifxoʻja Xusanxoʻja oʻgʻli
Assistent, tadqiqodchi morfolog
Xaydarova Gulira’no Abdugʻani qizi
Assistent, akusher – ginekolog
Zaripova Rano Masudovna
Assistent, pediatr
Ashuralieva Gulxumor Qaxxarovna
Assistent, nevrolog
Karabayev Abdumalik Xamidjanovich
Assistent, otorinolaringolog
Ibragimov Izzatillo Tursunovich
Assistent, bolalar anesteziolog-renimatologi
Ibragimova Xurshidabonu Zafarovna
Assistent, oftalmolog
Kafedraning ilmiy-tadqiqod loyihasi
-
Kafedra mudiri boshchiligidagi ilmiy jamoaning bir necha yillik mehnatlari natijasi oʻlaroq, qiymati 700 mln soʻmdan ziyodroq boʻlgan “Anatomiya va klinik anatomiya fanidan masofaviy ta’limni amalga oshirish uchun virtual-simulyatsion oʻquv laboratoriya tashkil etish” loyihasi davlat grantiga loyiq topildi. Loyiha 2022-2024-yillarga moʻljallangan boʻlib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda zamonaviy innovatsion ta’lim usullarini amaliyotga tadbiq etish, oʻqitishning ilgʻor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni tijoratlashtirishni koʻzda tutadi. Loyiha doirasida zamonaviy anatomik modellarni 3D printerda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida ikki nafar ilmiy xodim- dotsent Z.A. Kaxarov va O.X. Nazirjonovlar 2023-yil mart oyida Rossiya federatsiyasining Samara davlat tibbiyot universitetida malaka oshirib qaytdilar. Loyiha natijalari bir necha xalqaro konferensiyalarda doklad qilindi va dunyo olimlari tomonidan yuksak baholanib, e’tiroflarga sazovar boʻldi.
Kafedra qoshida yaratilgan virtual-simulyatsion oʻquv laboratoriyasida talabalar zamonaviy anatomik programmalar bilan ta’minlangan smart doska yordamida odam tana a’zolarini 3D holatida toʻliq tasavvur hosil qilgan holda osonroq oʻrganishlariga imkoniyat yaratildi. Bundan tashqari, inson modelini uch oʻlchamda haqiqiy odam tanasi darajasida ifodalab berish imkoniga ega boʻlgan virtual koʻzoynaklar ham shu maqsadlarda xizmat qilmoqda.
- FANLAR…