Maqsad — O‘zbekiston hududlaridagi nurab qolgan noyob yodgorliklar, tarixiy joylar, me’moriy obidalarni muhofaza qilish va saqlashga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish.
«Chellenj»ga qo‘shilish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda #shaharsozliktolqini #gradostroitelnayavolna xeshteglaridan foydalangan holda O‘zbekistonning obidalari, tarixiy binolari muhrlangan surat/videolarni joylashtiring.
Fleshmob shu yilning 20 mayiga qadar davom etadi. Yakunda ekspertlar kelajak loyihalar uchun lokatsiya bo‘ladigan 3 ta binoni tanlaydi.