Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanadi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida talabalar har bir o‘rganganlarini bemorlar bilan bo‘lgan muloqotda yanada chuqurroq tushunadilar. Shu bois yuqori kurs talabalari qatori 1-2-kurs talabalari ham amaliyot o‘taydilar.
Ayni damda 1-2-kurs talabalari ikki haftalik amaliyot jarayonlarini o‘z yashash xududlaridagi tibbiyot muassasalarida olib borishmoqda. Ularga 39 nafar professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.
Talabalarning amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida mazkur 39 nafar professor-o‘qituvchilar bilan birga yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov va Davolash ishlari bo‘yicha mas’ul B.Mirzakarimov olib bordi.
Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilarga talabalarning har biri bilan muloqot olib borish, ish jarayonlarini o‘rganish, amaliyot rahbarlari bilan ishlash borasida kerakli ma’lumot va vazifalar berildi.