Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

1-NOYABRDAN TALABALARGA SHIFOXONALARDA ISHLASHGA RUXSAT BERILDI

10:35 01.11.2022

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 4-mart kuni oʻtkazilgan   “Oliy taʼlim muassasalari  talabalarining bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektor yig’ilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalarining kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq 1-noyabrdan bitiruvchi bosqich talabalariga shifoxonada ishlashga ruxsat berildi. Andijon davlat tibbiyot institutida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi. Unda fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari, yoʻnalish masʼullari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yigʻilishni Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov, Karyera markazi boʻlimi boshligʻi A.Soliyev hamda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi xodimlari olib bordilar.

Yigʻilish davomida hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari, ularga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va professor-oʻqituvchilarni biriktirish, shu bilan bir qatorda talabalarga masofaviy dars oʻtish va unda ishtirok etish jarayonlarini nazoratga olish kabi maʼlumotlar tushuntirib oʻtildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!