Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Davlat oliy taʼlim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomi»ga muvofiq Andijon davlat tibbiyot instituti 4-bosqich talabalari uchun guruh tyutorlari saralab olindi. Tyutorlarni ishga olish uchun ularning xujjatlari ishchi guruh tomonidan oʻrganilib, 40 nafar nomzodlar bilan suhbat oʻtkazildi. Unda nomzodlarning pedagogik faoliyatlari, ishchanlik qobiliyati, psixologik yondashuvlari koʻrib chiqildi. Ishchi guruh xulosasiga koʻra, 12 nafar nomzodlar tyutorlik lavozimiga tavsiya etildi.