Andijon Hamkor biznes markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Koronavirus infeksiyasi: tibbiy amaliyotda diagnostika va davolashning dolzarb masalalari” xalqaro ishtirokdagi ilmiy amaliy konferensiya davom etmoqda.
Bugun konferensiyaning 2-kuni. Unda “Ayollar va bolalar salomatligi: ultratovush multiparametrik innovatsion texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish – hozirgi davr talabi”: Sut bezlari multiparametrik ultratovush tekshiruvi mavzularida seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Seminar va amaliy mashg‘ulotlarni Rossiyaning Akademik V.I. Kulakov nomidagi FSBI Milliy akusherlik-ginekologiya va perinatologiya ilmiy tadqiqot markaziVizual diagnostika kafedrasi mudiri Aleksandr Sencha Nikolaevich olib bormoqda.