2-O‘QUV BINOSIDA O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2-O‘QUV BINOSIDA O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA

15:19 12.08.2025

Andijon davlat tibbiyot institutining barcha o‘quv binolarida 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Jumladan, bugun, 12-avgust kuni institut rektori M.Madazimov institutning 2-o‘quv binosidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida dastavval ma’ruza zallari va o‘quv xonalari, auditoriyalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Unda stol-stullarning sozligi, moddiy-texnik bazalarning yetarli ekanligi o‘rganildi. Shundan so‘ng hojatxonlardagi suv ta’minoti, ozodaligi, quvurlar, issiqlik tizimining ishlash holatlari ko‘zdan kechirildi. Rektor mas’ullar bilan bo‘lgan suhbat davomida ularga tayyorgarlik borasida yana muhim bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratish, ozodalikni saqlash, talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga yanada sharoitlar yaratish borasida bir qator topshiriqlarni berdi.

 

Skip to content