Yangi yilning xushxabarlari davom etmoqda. Oʻqish davomida barcha darslarda faollik koʻrsatgan, iqtidorli talabalarimiz bugun davlat stipendiyasi sohibi boʻlishdi.
Davolash fakultetining 6-bosqich talabasi Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi 2021-2022-oʻquv yili uchun bakalavriyat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Pediatriya fakultetining 6-bosqich talabasi Inakova Zebiniso Tohirjon qizi 2021-2022-oʻquv yili uchun bakalavriyat bosqichida Ibn Sino nomli, Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabasi Yoʻldoshev Abduqodir Azizbek Sobirjon oʻgʻli 2021-2022-oʻquv yili uchun bakalavriyat bosqichida Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻldilar.
Talabalarimizning erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz! Biz Siz bilan faxrlanamiz!