
2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha arizalar joriy yilning 20-iyuliga qadar grant.adti.uz saytida onlayn tarzda qabul qilinadi.
Grant o‘rinlari qayta taqsimlash jarayonida ishtirok etish uchun Arizalar yuborilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qaroriga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”i asosida ta’lim grantini qayta taqsimlash shartlari quyidagicha:
Umumiy 100 ball quyidagicha taqsimlanadi:
1. Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi-80 ball. (GPA * 16= )
2.Ijtimoiy faolligi 20 ball. (Nizomning 2-ilovasidagi baholash natijasini 5 soniga bo‘lish orqali hisoblanadi)
Nizomning 2-ilovasiga asosan talabgorlarning ijtimoiy faolligini aniqlash bo‘yicha baholash mezonlari:
T/r | Ko‘rsatkichlar | Ball |
1. | Kitobxonlik madaniyati | 0 — 20 |
2. | “5 muhim tashabbus” doirasidagi to‘garaklarda faol ishtiroki | 0 — 20 |
3. | Talabaning akademik o‘zlashtirishi | 0 — 10 |
4. | Talabaning oliy ta’lim tashkilotining ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodeksiga rioya etishi | 0 — 5 |
5. | Xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlov, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erishgan natijalari | 0 — 10 |
6. | Talabaning darslarga to‘liq va kechikmasdan kelishi | 0 — 5 |
7. | Talabalarning “Ma’rifat darslari”dagi faol ishtiroki | 0 — 10 |
8. | Volontyorlik va jamoat ishlaridagi faolligi | 0 — 5 |
9. | Teatr va muzey, xiyobon, kino, tarixiy qadamjolarga tashriflar | 0 — 5 |
10. | Talabalarning sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi | 0 — 5 |
11. | Ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid boshqa yo‘nalishlardagi faolligi | 0 — 5 |
Jami ball: | 100 |
Ta’lim granti 2 turga bo‘linadi:
1) To‘liq ta’lim granti ‒ bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti.
2) To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti – bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim grantidir.
Havola: 2024-2025-o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida qabul qilingan talabalar uchun 2025-2026-o‘quv yilida qayta taqsimotga ko‘ra ajratiladigan taʼlim grantlari tasdiqlandi.
https://adti.uz/2025-2026-oquv-yilida-qayta-taqsimotga-kora-ajratiladigan-ta%ca%bclim-grantlari-tasdiqlandi/