2024-YILNING YAKUNIY ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

2024-YILNING YAKUNIY ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

16:02 27.12.2024

Bugun, 27-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab, qator yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xalqaro tanlov hamda olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi. Xususan, Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamajonov Andijon davlat tibbiyot instituti otolaringoligiya kafedrasi mudiri, professor Q.Qosimovni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Vazirlik kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan “Yilning eng yaxshi shifokori” tanlovining “Yilning eng yaxshi otolaringologi” nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagani bilan qutladi.

Institut rektori M.Madazimov ushbu yutuqlarga erishgan institut jamoasini samimiy qutladi va hamisha ilm cho‘qqilarini zabt etishlari yo‘lida omad hamda zafarlar tiladi. Yakunlanib borayotgan 2024-yilda erishilgan yutuqlarni alohida e’tirof etdi. Bu yutuqlar kelajakda bundan-da ulkan marralarni zabt etishga zamin bo‘lishini ta’kidladi. Rektor barcha institut jamoasini yangi 2025-yil bilan tabrikladi va omad hamda muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng, kun tartibidan o‘rin olgan, 2024-yilda institut ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari va 2025-yil uchun belgilangan ilmiy ishlar rejasini tasdiqlash, “2023-2024-o‘quv yilida institutda bajarilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari” to‘g‘risida mas’ullar tomonidan hisobotlar o‘qib eshittirildi. Ixtisoslashltirish kengash raislarini hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, ilmiy kengash davomida jahon reytingida yuqori o‘rinlarni band etgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida taklif, fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!