Andijon Hamkor biznes markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Koronavirus infeksiyasi: tibbiy amaliyotda diagnostika va davolashning dolzarb masalalari” xalqaro ishtirokdagi ilmiy amaliy konferensiya davom etmoqda.
Bugun konferensiyaning 3-kuni. Unda Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari multiparametrik ultratovush tekshiruvlari mavzularida seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Seminar va amaliy mashg‘ulotlarni Rossiyaning Akademik V.I.Kulakov nomidagi FSBI Milliy akusherlik-ginekologiya va perinatologiya ilmiy tadqiqot markaziVizual diagnostika kafedrasi mudiri Aleksandr Sencha Nikolaevich olib bormoqda.