Pediatriya fakultetining Tibbiy profilaktika yoʻnalishi tyutorlari U.Sapioxunov hamda S.Yoqubov tomonidan Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 3-tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi. Unda tyutorlar oʻquvchilarga axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, yangi, zamonaviy innovatsion loyihalar ustida ishlash va ularni amaliyotga tadbiq etish, bu borada iqtidori bor har bir yosh munosib qoʻllab-quvvatlanishi boʻyicha maʼlumotlar berdilar.