alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI

16:56 28.01.2021


2021 yil 29 yanvar kuni institutda navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori M.M.Madazimov ochib berdi.


Yig‘ilish davomida M.M.Madazimov Ilmiy kengash a’zolariga 2020 yilda  ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, moliyaviy-iqtisodiy va xalqaro aloqalar yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar to’g’risida hisobot berib, sohadagi muammo va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi. Bu borada har-bir mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.




Yig‘ilish, avvalida an’analarga sodiq qolgan holda uzoq yillar samarali mehnat qilib hurmat qozongan fahriy ustozlar va iqtidorli faol talaba yoshlar taqdirlandi.




Yig’ilishda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Yusupov so‘zga chiqib viloyatdagi barcha tibbiyot birlashmalari institut bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.



So‘ng institut vrachlar malakasini oshirish fakulteti dekani X.X.Tursunov fakultetda o’kazilgan davlat attestatsiyasini yakunlari bo‘yicha xisobot taqdim etdi.
Shuningdek, yig’ilish yakunida kafedra mudirlari va dotsentlik lavozimlari uchun saylovlar o’tkazildi.



Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!