alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

487 NAFAR AHOLI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY-KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

15:31 01.03.2022

Viloyatimizning eng chekka xududlarida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik aholining uzog‘ini yaqin qilmoqda, ayniqsa, tibbiy savodxonligini oshirmoqda.

Marhamat tumanidagi “Yangi hayot”MFYdagi 37-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbir ham xuddi shu maqsadda tashkil etildi. Mahallaning 487 nafar aholisi ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli maslahat hamda tavsiyalar berildi. Shuningdek, 6 nafar bemorga viloyat, 15 nafariga esa tuman shifoxonalariga yotib davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi. Tibbiy-ko‘rik davomida 89 ta UTT, 68 ta EKG tekshiruvlari va 165 ta klinik labarator tekshiruvlari o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!