Bugun, 18-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida «5 tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda viloyat Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, institut Sport klubi xodimlari ishtirok etdi.


Davra suhbatida «5 tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasini kuzgi mavsumiga start berildi. Sport musobaqalariga talabalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, jamoalarni shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
