“Sanoat” MFYdagi 168-xonadonda istiqomat qiluvchi O‘lmasxon aya Abduqodirova 75 yoshni qarshilab, yaqinlari bilan keksalik gashtini surmoqda. Bugun Pediatriya fakultetining xodimlari mahalla faollari bilan birgalikda onaxonni yo‘qlab bordilar. Malakali mutaxassislar tomonidan onaxonning va oila a’zolarining salomatliklari tekshiruvdan o‘tkazildi. Ularga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.