Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar va aziz hamkasblar!
Sizlarni, butun xalqimizni qutlug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu burch va huquqlarimiz dunyo mamlakatlarida boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.
2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Referendumida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi va 1-may kunidan kuchga kirdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson qadri, uning huquq va qonuniy manfaatlari kafolatlari bilan bog‘liq belgilangan normalar mamlakatimizning chinakam demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, bosh Qomusimizda tibbiyot sohasi, ta’lim va yoshlar masalalariga ham alohida e’tibor berildi. Ushbu imkoniyatlarga institutimiz jamoasi va talabalari ham munosib javob bergan holda ko‘plab yutuqlarga erishmoqda. Bu yutuqlar soni yildan yilga ortib borayotganligi bizlarni cheksiz quvontirmoqda.
Sana munosabati bilan Siz azizlarga, kelajak vorislari talaba-yoshlarga sihat-salomatlik, ilmiy barkamollik, tinchlik-totuvlik tilayman! Doimo osmonimiz osuda, hayotimiz farovon bo‘lsin!
Madamin MADAZIMOV,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.