2019-yil 3- aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zali, 1-,2- ma’ruzalar zallarida institut rektori M.Madazimov bilan barcha fakultetlarning 2-kurs talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut rektori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19 -mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi to’g’risida gapirdi.
Jumladan, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan 5 ta tashabbus mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida institut rektori talabalarni kunlik darslarni kunda mukammal o’zlashtirishi, xorijiy tillarni o’rganish, internetdan to’g’ri maqsadlarda foydalanish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga, doimo faol bolishga chaqirdi. Buning uchun esa institutda barcha sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, kelgusida ularni bilimli,mohir shifokor bo’lishlari uchun faqat o’qib izlanishlari lozimligini aytib o’tdi.
Talabalarni qiziqtirgan savollar va takliflar bilan qiziqib, ularning oqishlariga omad va zafarlar tiladi.