Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021-yil 13-aprel kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi videoselektor yig’ilishida har bir oliy oʼquv yurti yon-atrofidagi mahallalar uchun maʼnaviyat markazi, madaniyat oʼchogʼi boʼlishi kerakligini taʼkidlab, bir qator vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Аndijon davlat tibbiyot instituti atrofida joylashgan Qoʼshariq, Yaxshi, Xoʼtanariq, Gumbaz, Namuna, Shifokor, Bunyodkor, Sanoat, Yangi turmush kabi 9 ta mahalladagi yoshlar, xususan uyushmagan yoshlarni ilm va kasbga yoʼnaltirish, boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, holatini yaxshilash, maʼnaviy-maʼrifiy targʼibotni tashkil etish maqsadida fan, kasb, sport toʼgaraklari tashkil etilgan boʼlib, jadval asosida darslar olib borilmoqda. Bugun ana shunday yoshlar festival doirasida birlashdilar.
Ushbu mahallalarda jami 45983 nafar aholi boʼlib, shundan 9072 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shulardan 260 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Bugungi kunga qadar ulardan 228 nafari sport, 107 nafari badiiy ijodkorlik toʼgaraklariga, 150 nafari rus tili, 136 nafari ingliz tili, 240 nafari kompyuter va 98 nafari kimyo-biologiya mashg’ulotlariga jalb qilingan.
Mazkur ishlarning amaliy davomi sifatida viloyat oliygohlari orasida birinchi boʼlib Аndijon davlat tibbiyot institutida yoshlar uchun koʼtaringki ruhda “Yoshlar festivali” tashkil etildi.
Festivalning yopilish marosimida institut rektori M. Madazimov hamda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M. Botirov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari Murodjon G’ofurov so’z olib, va oliy ta’lim muassasalari va mahalla fuqarolar yig’inlarining hamkorligi, uyushmagan yoshlar uchun ham barcha imkoniyatlar yaratilayotgani, to’garaklarda fan va kasb-hunar o’rganishlari mumkin ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Tadbirga hamohang tarzda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Yahyobek Moʼminov, estrada xonandasi Gʼayrat Usmonov hamda Muqumiy nomidagi drama teatri aktyori Muzaffar Hamidov ishtirok etib, yoshlarga xush kayfiyat baxsh etdilar. Ularning shoʼx kuy-qoʼshiqlari barchani davraga chorladi. Shuningdek, O’zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo’limi ishtirokidagi shou konsert bayram tadbiri haroratini yanada ko’tardi.
Barcha yoshlar festivaldan biro lam taassurot oldilar.