alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENG YAXSHI PLАKАT” TANLOVINING INSTITUT GʼOLIBI АNIQLАNDI

21:08 03.06.2021

“ENG YaXShI PLАKАT” TANLOVINING INSTITUT GʼOLIBI АNIQLАNDI

Oʼzbekiston Respublikai Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 3-maydagi 208-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida Аndijon davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat” tanlovining institut bosqichi oʼtkazildi. Tanlov avvalida institutning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov ishtirokchilarga tanlovning ahamiyati, mavzuning dolzarbligi boʼyicha fikr-mulohazalarini bildirib, ularga omad tiladi. Tanlovning birinchi bosqichida barcha fakultet va yoʼnalishlar kesimida 36 nafar talabalar ishtirok etgan boʼlsa, ulardan 9 nafari institut bosqichida qatnashdi. Ishtirokchi yoshlar mavzu borasidagi qarashlari va gʼoyalarini rang tasvirlarga muxrladilar. Tanlov natijalariga koʼra, Tibbiy profilaktika yoʼnalishining 3-bosqich talabasi Umarjon Tursunboyev gʼolib, deb topilib, viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!