alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ULUGʼIMSАN, VАTАNIM” VIDEOROLIKLАR TАNLOVI GʼOLIBLАRI АNIQLАNDI

19:00 07.06.2021

“ULUGʼIMSАN, VАTАNIM” VIDEOROLIKLАR TАNLOVI GʼOLIBLАRI АNIQLАNDI

Talaba-yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 3-maydagi buyrugʼiga asosan “Kitobxon talaba” respublika koʼrik-tanlovi doirasida ”Ulugʼimsan, Vatanim” videoroliklar tanlovining institut bosqichi oʼtkazildi. Unda ishtirokchilar Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga murojaat qildilar.

Tanlovga 30 dan ziyod videoroliklar kelib tushgan. Bugun ana shu tanlovning yakuniy bosqichi oʼtkazildi. Ijodiy guruh jamoa aʼzolari har bir videoroliklarni birma bir koʼrib, munosib baholab bordilar. Unda tasvirlarning sifat darajasi, talabaning ijro va badiiy mahorati har jihatdan inobatga olindi.

Yakuniy natijalarga koʼra, 1-oʼrin “Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi Izatullo Аbdullajonovga, 2-oʼrin Pediatriya fakultetining Tibbiy profilaktika yoʼnalishining 4-bosqich talabasi Muhammadyusuf Yusupov, Davolash fakultetining 3-bosqich talabasi Shohjahon Аbdurahmonovga, 3-oʼrin esa Pediatriya fakultetining 1-bosqich talabasi Diyorbek Obidjonov, Davolash fakultetining Oliy hamshiralik ishi yoʼnalishining 3-bosqich talabasi Gulshanoy Sobirova, Davolash fakultetining 3-bosqich talabasi Kamoliddin Inomovga nasib etdi. Gʼoliblar 1-oʼrin 500 ming soʼm, 2-oʼrin 400 ming soʼm, 3-oʼrin 300 ming soʼm pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovga viloyatimizning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan ham 9 dan ortiq videoroliklar kelib tushgan. Ular orasida Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining 4-bosqich talabasi Iroda Mirzakarimova institut rektorining maxsus tashakkurnoma va esdalik sovgʼasi bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!