![FАRGʼONА VILOYATINING OʼQUVCHILАRI INSTITUTIMIZDА](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/06/photo_2021-06-14_21-07-18.jpg)
Ilm olish masofa tanlamaydi. Fargʼona viloyati Rishton tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabining 7 nafar oʼquvchilari institutimizda boʼldilar. Oʼqituvchilari N. Аkbarova boshchiligida oʼquvchilar institutimizda yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Inkubatsiya va akseliratsiya, simulyatsiya, axborot-resurs markazlarida boʼlgan oʼquvchilar qalbida talaba boʼlish orzusi va maqsadi yanada yuksaldi.