Andijon shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida “Yoshlar kuni” katta tantana bilan nishonlandi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, viloyatimiz yoshlarini qizg‘in muborakbod etdi. Bayram munosabati bilan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, sport sohalarida faol, tashabbuskor bo‘lgan 22 nafar talaba-yoshlar hokim stipendiyasi bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ular orasida Andijon davlat tibbiyot institutining 8 nafar talabasi ham bor.
E’tibor va e’tiroflar muborak, izlanishlardan charchamang, aziz yoshlar!