Aholining sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, karantin qoidalariga amal qilishlari bo‘yicha “Yosh volontyorlar” ko‘ngilli yoshlar guruhi a’zolari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.
Ular bugun ham Andijon tumanidagi “Ittifoq” MFY dagi “Yangi yo‘l”, “Bahor”, “Mustaqil yurt”, “Hovuzbo‘yi” ko’chalarida 50 dan ziyod xonadonlarda bo‘lib, tavsiya va maslahatlar berib bordilar. Mazkur mavzular qayd etilgan tarqatma materiallarni tarqatdilar.
Shuningdek, karonavirusga qarshi emlash, vaksinatsiya jarayonlari va bosqichlari borasida ham tushuntirish ishlarini olib bordilar. Har bir fuqaro bilan suhbat davomida ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.