alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FARZAND TARBIYASIGA EʼTIBOR – MUSTAHKAM OILA POYDEVORI

23:46 06.07.2021


Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan MFYlarning aholisi bilan targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda. Institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori M. Botirov, IKP kafedrasi mudiri R.Yuldashev, psixolog Oʻ. Arziqulov “Sanoat” MFYda boʻldilar.

Ular aholi bilan suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi qabul qilinganligining 30 yilligiga tayyorgarlik, Prezidentimizning Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan eʼtibor xususida maʼlumot berib oʻtdilar.

Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmasliklari, oilada farzand tarbiyasiga boʻlgan eʼtibor borasida tushuntirish ishlari olib bordilar.

Ayniqsa, yosh kelin-kuyovlar munosabati, ota-onaga hurmat, yosh ota-onalar farzand tarbiyasida nimalarga eʼtibor qaratishlari lozimligi ibratli hikoyalar va amaliy jarayonlar bilan tushuntirib oʻtilganligi aholining qiziqishlarini oshirdi.

Mavzular borasida turli viktorina tarzida oʻtkazilgan suhbat davomida 50 dan ortiq faol ishtirokchilarga M. Botirov oʻz qalamiga mansub kitob jamlanmalarini taqdim etdi.

ADTI matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!