Xoʼjaobod tumanida Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli OP, OShP mudirlari, oilaviy shifokorlar va tor soha mutaxassislariga seminar-trening oʼtkazdilar. Seminar-treningni institutning davolash (amaliyot) ishlari prorektori B. Mirzakarimov ochib berdi va sohada olib borilayotgan ishlar, sogʼliqni saqlash sohasidagi oʼzgarishlar va asosiy topshiriqlar borasida qatnashchilarga tushunchalar berib oʼtdi.
Seminar mashgʼulotda “Gospital terapiya va endokrinologiya” kafedrasi mudiri Sh. Yusupova «Qandli diabet etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi», kafedraning yetakchi mutaxassislari D. Аbdurazzokova «Sogʼlom ovqatlanish», I. Mirzaahmedova «Kamqonliklar etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi», M. Hamidova «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish» mavzularida maʼruza qildilar. Shuningdek yigʼilish ishtirokchilariga “Sogʼlom turmush tarzini shakllantirish”, “Salomatlik maktabi” tashkil qilish va faoliyatini taʼminlash borasida tushunchalar berildi. Tadbir soʼnggida tumandagi 3-guruhga kiritilgan endokrinologik, terapevtik, gematologik bemorlarni sogʼlomlashtirish boʼyicha tibbiy-koʼrik oʼtkazildi.