Paxtaobod tumani Bobur, Muazzimboy MFYlardagi Amir Temur, Diydor, Diydor 2, Xuroson, Huvaydo ko‘chalarida “Yosh volontyorlar” ko‘ngilli yoshlar guruhi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Unda talabalar aholi bilan birma-bir, bevosita suhbat olib borib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘g‘ri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida ma’lumot berdilar.
Suhbat davomida ayniqsa, karanavirusga qarshi emlashning inson salomatligi uchun foydasi, nojo‘ya ta’sirlar sezganda mahalliy davolagandan ko‘ra shifokorlarga murojaat etish borasida ham tavsiyalar berib o‘tdilar. Shu jumladan, aholida ham savollar tug‘ilib, talabalar tomonidan savollarga atroflicha javoblar berildi.