18 yoshdan katta boʻlgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura talabalarni karonavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy bepul emlash belgilandi. Unga ko’ra, karonavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, 2021/2022-oʻquv yili uchun bazaviy toʻlov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida 2021-yil yangi o’quv yili sentyabr oyidan boshlab vaksinatsiya qabul qilmagan professor-o’qituvchilar talabalarga dars berishi taqiqlanadi.