АDTIDА ILK BOR PHD DISERTАTSIYASI HIMOYASI BOʼLIB OʼTDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АDTIDА ILK BOR PHD DISERTАTSIYASI HIMOYASI BOʼLIB OʼTDI

19:26 13.07.2021

АDTIDА ILK BOR PHD DISERTАTSIYASI HIMOYASI BOʼLIB OʼTDI

Аndijon davlat tibbiyot instituti «Profilaktik tibbiyot» ixtisoslashgan Ilmiy kengash yigʼilishida Burxonjon Usmonovning “Giyohvandlik fonidagi temir tanqisligi kamqonligining epidemiologiyasi, xatar omillari klinik namoyon boʼlishi va profilaktikasining oʼziga xos jihatlari”, Baxtiyorjon Nazarovning “Oʼzgaruvchan va kuchli kontinental iqlim sharoitida glaukomaning tarqalishi, shakllanishi, klinik kechishi va profilaktikasi” mavzularidagi tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlari himoyasi oʼtkazildi.

Dissertatsiya himoyasi oflayn ravishda oʼtkazilib, tadqiqotchilar dastlab koʼp yillik tadqiqoti natijalari, ishning mohiyatini kengash aʼzolari eʼtiboriga havola etdilar. Tadqiqot ishi boʼyicha berilgan savollarga dissertantlar atroflicha, aniq javoblar berdilar. Tadqiqotchilar rasmiy taqrizchilar xulosalari va qoʼshimcha bildirilgan fikrlarga ham oʼz fikrlarini bildirib oʼtdilar.

Kengash yigʼilishi yakunida aʼzolar tomonidan dissertatsiya ishi yuqori baholanib, OАK tomonidan qoʼyilgan talablarga toʼliq mos kelishi eʼtirof etildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʼra Burxonjon Usmonov, Baxtiyorjon Nazarovlar tomonidan bajarilgan dissertatsiya ishlari 100 foiz ovoz bilan maʼqullandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!