O‘quv adabiyotlarning yetarli ekanligi ta’lim sifatini oshiribgina qolmay, o‘quvchining bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini yuksaltiradi. Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Andijon, Paxtaobod, Bo‘ston, Qo‘rg‘ontepa, Namangan viloyatining Namangan jamoat salomatligi texnikumlarida 4686 nafar o‘quvchi ta’lim olib kelmoqda. Texnikumlarning axborot resurs markazida 12508 ta o‘quv adabiyotlar mavjud. Mazkur ta’lim muassasalarida 4-5 ga yaqin kasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlar yetishmayotganligi bois Andijon davlat tibbiyot instituti ARM tomonidan 179 nomdagi 326 nusxa namunaviy dasturlarda yetishmagan darsliklar taqdim etildi.