![ADTI JAMOASI G‘OLIB](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/08/photo_2021-08-06_14-36-48.jpg)
Futbol sport turi bo‘yicha Andijon viloyatining 2- liga 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 5-tur o‘yinlari doirasida Andijon davlat tibbiyot institutining “Tibbiyot ADTI” jamoasi viloyat futbol maktabining “Akademiya u 15” jamoasi bilan maydonda o‘zaro bellashdi. Keskin va murosasiz tarzda kechgan uchrashuvda institutimiz jamoasi raqiblari ustidan 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda jamoamiz charm to‘p ustalari Andijon tumani jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. “Tibbiyot ADTI” jamoasiga kelgusi o‘yinlarida ham omad tilaymiz!