Bugunigi kunimizni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Shundanmi, maktab oʻquvchilarining ham bu sohaga qiziqishi yuqori. “Qoʻshariq” hamda “Shifokor” MFY yoshlarining istaklariga binoan institutning Inkubatsiya va akseliratsiya markaziga sayohat uyushtirildi. Stomatologiya fakultetining xodimlari tashabbusi bilan tashkillangan tadbir ota-onalar, mahalla faollari nazorati ostida oʻtkazildi.
Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularni IT sohasiga boʻlgan qiziqishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida markaz mutaxassislari tomonidan mahorat darslari oʻtildi. Unda oʻquvchilarga kompyuterdan, internetdan oqilona foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotganda zararli illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik, turli yoʻnalishlarda samarali loyihalarni amalga oshirish borasida taklif va mulohazalarini bildirdilar.