Andijon davlat tibbiyot instituti Xitoy davlatining Shangdon birinchi tibbiyot universiteti bilan yana bir xayrli shartnoma imzoladi. Stomatologiya yo‘nalishida 3+3 qo‘shma ta’lim dasturi o‘z faoliyatini boshladi. Ya’ni endi mazkur yo‘nalishda taxsil olishni istagan talabalar ADTIda 3 yil o‘qiganlaridan so‘ng qolgan 3 yilgi ta’limni Shangdon birinchi tibbiyot universitetida davom ettiririb, 2 ta diplom egasiga aylanishlari mumkin.
Onlayn uchrashuvda institut rektori M.Madazimov, Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassislari va Shangdon birinchi tibbiyot universiteti mutaxassislari ishtirok etdi. Imzolangan mazkur shartnoma Stomatologiya sohasida yetuk va malakali kadrlarni yetishib chiqishiga katta imkoniyat yaratishi shubhasiz.