Bugun yurtimizda chet elda taxsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalarni Respublikamizdagi oliy oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin oʻzini oliy oʻquv yurti maʼsul xodimi, deya tanishtirib fuqarolarning ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan moʻmay daromad topish istagida boʻlganlar ham yoʻq emas. Andijon viloyatida xorijda taxsil oluvchilar oʻqishini yurtimizdagi oliy oʻquv yurtlariga koʻchirib berishini hamda oʻqishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi.