alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ISTIQLOL SHUKUHI

21:35 21.08.2021

ISTIQLOL SHUKUHI

Istiqlol sharofati bilan hayotimiz yanada goʻzal, elimiz tinch va farovon. Ana shunday eng ulugʻ va eng aziz bayram shukuhi kezayotgan fayzli kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi oʻziga biriktirilgan “Shifokor” mahalla fuqarolar yigʻinida xalqimizning kayfiyatini yanada koʻtarish, yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan ulugʻ ayyom bilan tabriklash asnosida musiqiy dastur namoyish etdilar. Tadbirda istiqlolimizni tarannum etuvchi qoʻshiqlar, goʻzal sheʼrlar ijro etildi. Tadbirni institut prorektori M.Botirov ochib, mahalla aholisi va mehmonlarni bayram bilan tabrikladi.

Vatanparvar tashkiloti tomonidan vatanparvarlik hissini targʻib qiluvchi koʻrgazmalar namoyish etildi. Istiqlol shukuhi kezib yurgan onlarda oʻtkazilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bayramona tadbirlarimiz hali mahallalarda davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!